Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning ma’lum qilishicha, 6 avgust kuni Rossiya qo‘shini Baxmutga «yetarlicha yaqin» kelgan. Rossiya nazoratida qolayotgan Nova Kaxovka «administratsiyasi» rahbari o‘rinbosari Vitaliy Gura suiqasd oqibatida halok bo‘ldi. Unga bir necha bor o‘q uzishgan. Ukraina «Energoatom» Zaporijjya AES o‘qqa tutilgach, stansiya energobloklaridan birini o‘chirdi. «Meduza» bugungi kunda Rossiya va Ukraina qo‘shinlarining asosiy to‘qnashuv markazi bo‘lib qolayotgan Donbass hududida 6 avgust kuni olingan suratlarni keltirdi.
O‘t o‘chiruvchilar Baxmutdagi yong‘inni o‘chirish uchun yo‘l olgan. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko rossiyalik harbiylar shaharga «yetarlicha yaqin kelgani»ni xabar qildi: «Rossiyalik bosqinchilar muntazam ravishda Baxmut, Seversk va Soledarni o‘qqa tutmoqda. Bu ular o‘tishni istayotgan asosiy liniya. Ha, ular Baxmutga yetarli darajada yaqin», — deya Kirilenkodan iqtibos keltiradi «Suspіlne»
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
O‘t o‘chiruvchilar Baxmutda ishlamoqda. Rossiya qo‘shini shaharga hujum qilishda davom etmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut o‘qqa tutilishidan keyin o‘t o‘chiruvchilar. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya qo‘shinlari aynan shu yo‘nalishda faol yurish qilayotganini ma’lum qilgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut o‘qqa tutilishi oqibatlari. Ijtimoiy tarmoqlarda shahar avtovokzali yaqinidagi vayron bo‘lgan piyodalar ko‘prigi suratlari tarqalgan. Rossiyaparast manbalarga ko‘ra, ko‘prik chekinish chog‘ida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan. Ukraina tomoni esa ko‘prik rossiyaliklar zarbalaridan vayron bo‘lganini aytmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Konstantinovki aholisi Rossiya raketa zarbasiga uchragan bino ichidan chiqmoqda. Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, shahar tunda o‘qqa tutilishi oqibatida ko‘p qavatli uylardan birining pod’yezdi qulab tushgan. U yerdan yetti kishi qutqarib olingan, bir ayol yaralangan.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovsk yaqinida bolalarni olib ketayotgan mashina. Donbassda 30 iyul kuni fuqarolarni majburiy evakuatsiya qilish boshlandi. Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchukning baholariga ko‘ra, 200 mingdan ortiq kishi xavfsiz joylarga olib ketiladi.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Slovyanskdagi zarbaga uchragan uy oldidan o‘tayotgan yo‘lovchi. Slovyansk yo‘nalishida Rossiya kuchlarining alohida bo‘linmalari Bogorodichnoye atrofida oldinga o‘tishga uringan, ammo chekinishga majbur bo‘lgan.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda komendantlik soati. Politsiyachi shahardagi navbatchilik vaqtida mahalliy aholi vakilidan hujjat so‘ramoqda. 7 avgust kuni shaharda portlashlar ovozi eshitildi.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Politsiya Kramatorskda komendantlik soati chog‘ida zarbaga uchragan joylardan birini ko‘zdan kechirmoqda. Kramatorsk yo‘nalishida 7 avgustga o‘tar kechasi Rossiya kuchlari Verxnekamenskoye qishlog‘i atrofida oldinga siljishga harakat qilgan.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar Baxmut o‘qqa tutilishi chog‘ida yaralangan kishini evakuatsiya qilmoqda. Rossiya qo‘shinlari aynan shu yo‘nalishda faol.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Slovyansk atrofidagi pozitsiyada turgan ukrain harbiysi. Avgustning ilk kunlarida bu yerda Rossiya tomonidan o‘qqa tutilish holatlari kuzatilmayapti; nisbatan tinchlik hukm surayotgani «Dnepr-1» bataloniga pozitsiyalarni mustahkamlash bilan band bo‘lish imkonini bermoqda.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Ukrain armiyasining katta serjanti Slovyansk yaqinidagi bunkerda. Uning so‘zlariga ko‘ra, iyun oyida G‘arbdan qabul qilib olingan og‘ir qurollar Ukrainaga Donbassning ayrim shaharlarida nisbatan tinchlik saqlanishini ta’minlashga yordam bergan, ammo bu vaqtincha hisoblanadi. U Rossiya tomonidan zarbalar to‘xtab qolgani unda noxush hissiyot uyg‘otayotganini tan oladi.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Yuliya va Roman Donetsk oblastining Pokrovsk shahridagi vokzalda vidolashmoqda. Yuliya mamlakat g‘arbiga ketadi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Dnepr-1» ko‘ngillilar bataloni jangchisi Slovyansk shahri atrofidagi pozitsiyalarni mustahkamlash uchun yog‘och xodalar ko‘tarib ketmoqda. Ukrain harbiylari bunker va okoplar tarmog‘ini faollik bilan kengaytirmoqda, bu istehkomlar artilleriya zarbalari va fosforli bombalardan himoya qilishi kerak. Foto: David Goldman / AP / Scanpix / LETA