O‘zbekiston | 21:18 / 18.08.2022
10170
2 daqiqa o‘qiladi

5 sentabrdan Toshkent metrosida poyezdlar intervali qisqartiriladi

Toshkent metropoliteni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ertalabki tig‘iz vaqtlarda poyezdlarning oraliq intervali qisqartirilishini ma’lum qildi. 07:30–09:30 oralig‘ida poyezdlar “Chilonzor” yo‘nalishida 2,5–3 daqiqa, “O‘zbekiston” yo‘nalishida 3,5–4 daqiqa, “Yunusobod” yo‘nalishida esa 5-6 daqiqa interval bilan harakatlanadi.

Foto: Kun.uz

Toshkent metropolitenining kunlik yo‘lovchilari soni 2021 yilga taqqoslaganda 150-200 ming nafarga ortib, 450-480 mingni tashkil qilmoqda.

Sentyabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchilar soni kuniga 500 ming nafardan ortishi kutilyapti. Bu haqda bugun AOKAda metropoliten mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Diagramma: "Toshkent metropoliteni" DUK

Qayd etilishicha, ortib borayotgan yuklamani qondirish uchun Rossiyaning “Metrovagonmash” kompaniyasi ishlab chiqargan yana 14 ta yangi harakat tarkibi sotib olinadi.

5 sentabrdan yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan shu kundan boshlab ertalabki tig‘iz vaqtlarda (07:30dan 09:30gacha) poyezdlarning oraliq intervali qisqartiriladi va quyidagicha belgilanadi:

  • “Chilonzor” yo‘nalishida 2,5–3 daqiqa;
  • “O‘zbekiston” yo‘nalishida 3,5–4 daqiqa;
  • “Yunusobod” yo‘nalishida 5-6 daqiqa.

Eslatib o‘tamiz, 16 avgustdan 5 sentabrgacha yer usti xalqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati texnik sabablar tufayli soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshirilishi xabar qilingan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid