Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Islom taraqqiyot banki vakolatxonasi ochiladi
18 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi doirasida Islom taraqqiyot banki (ITB) prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassirni qabul qildi.
Bugungi kunda ITB bilan birgalikda uy-joy kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloqlarni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv xo‘jaligi, tadbirkorlik va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Muzokaralarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Joriy yil yakunigacha bank tomonidan 1,6 mlrd dollarlik o‘ta muhim loyiha va dasturlarni moliyalashtirishni ma’qullash nazarda tutilgan alohida dastur qabul qilindi.
Bankning Toshkentdagi to‘laqonli vakolatxonasini tez fursatda tashkil etish, yangi moliyalashtirish vositalarini joriy qilish muhim ekani ta’kidlandi. O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni, ayollar va yoshlar biznesini rivojlantirish borasidagi vazifalar yechimiga muhim hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.
Transport infratuzilmasi bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni, Orolbo‘yida ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi hamkorlik, IHT alohida trast fondi ko‘magida Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va uni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bank boshchiligidagi islom olami yetakchi moliyaviy institutlarini o‘z ichiga olgan Arab muvofiqlashtirish guruhi navbatdagi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazish muddatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
14:03 / 20.02.2025
ITB O‘zbekistonda ta’lim va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun salkam 300 mln dollar ajratadi
10:15 / 08.01.2025
ITB O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln dollar ajratadi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024