Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga 775 million dollarlik qurol-yarog‘ beradi
Ukraina uchun yangi harbiy yordam paketiga HIMARS o‘q-dorilari, razvedkachi dronlar, gaubitsalar, minalardan himoyalangan mashinalar va radarlarga qarshi raketalar kiradi, deb xabar berdi Pentagon.
AQSh yaqin orada Ukrainaga 775 million dollar (taxminan 772 million yevro) miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi saytida 19 avgust, juma kuni ma’lum qilindi.
Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu paket doirasida Ukraina Qurolli kuchlari HIMARS YaO‘RT uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, o‘n oltita 105 millimetrli gaubitsa va ular uchun 36 mingta artilleriya snaryadi, o‘n beshta ScanEagle razvedka uchuvchisiz qurilmalari, qirqta MaxxPro minaga qarshi zirhli transport vositalari, HARM radarga qarshi raketalar, tankka qarshi TOW raketa tizimlari, Javelin tankka qarshi ko‘chma tizimlari va boshqa turdagi qurollarni oladi.
Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari bilan maslahatlashuvlar «ularga kerak bo‘lganda, kerakli narsalarni yetkazib berish uchun» davom etadi.
Avvalroq, 8 avgust kuni AQSh Ukrainaga 1 milliard dollar miqdorida harbiy yordam berishi haqida xabar berilgandi. 2014 yildan beri Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlash uchun 12,6 milliard dollardan ortiq yordam ko‘rsatildi, deya aniqlik kiritdi Pentagon.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025