O‘zbekiston | 13:24 / 06.09.2022
12262
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Samarqanddagi ShHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan ishtirok etadi.

Foto: kremlin.ru

Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Putin haqiqatan ham Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda, biz juda muhim va o‘ziga xos nufuzli tadbirni kutmoqdamiz. Darhaqiqat, Putin u yerda bir qancha muhim xalqaro uchrashuvlarni rejalashtirmoqda», — dedi Peskov. 

15 va 16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida tashkilotga a’zo mamlakatlarning barcha rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Eron va Belarus ham tashkilotga a’zo bo‘lish niyatida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid