O‘zbekistonga import mebel eng ko‘p qayerdan olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Koreyadan qiymati 23,5 mln AQSh dollariga teng mebel va uning qismlarini import qilgan.
2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 51 ta xorijiy davlatlardan qiymati 70,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel va uning qismlarini import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mebel va uning qismlari importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 21 mln AQSh dollariga oshgan.
O‘zbekiston 2022 yil 7 oyida mebel va uning qismlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Koreya yetakchilik qilmoqda – 23,5 mln dollar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Turkiya – 16,8 mln;
- Xitoy – 13,8 mln;
- Rossiya – 7,1 mln;
- Italiya – 1,3 mln;
- Qozog‘iston – 1,2 mln;
- Belarus – 829 mln;
- Polsha – 370 ming;
- Germaniya – 594 ming AQSh dollari.
Mavzuga oid

20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?

15:52 / 11.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi

22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv

08:43 / 03.04.2025