Jahon | 13:52 / 14.09.2022
28403
6 daqiqa o‘qiladi

Xarkivning ozod etilgan shaharlari, Izyumda harbiy texnikalar qabristoni. Urush suratlari

Ukrainada urushning 202-kuni o‘tdi: 13 sentabrning asosiy voqealari:

  • Germaniya kansleri Olaf Shols ko‘p haftalardan buyon ilk marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Sholsning matbuot xizmatiga ko‘ra, u Ukraina inqirozini diplomatik yo‘l bilan hal etish, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish hamda Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqish zarurligi haqida gapirgan. Muloqot bir yarim soat davom etgan.
  • Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarning aytishicha, Xarkiv oblastida amalga oshirilgan qarshi hujumlar natijasida 300 dan ortiq aholi punktlari ozod etildi.
  • Volodimir Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolati kelgusida Ukraina bilan hech qanday urush bo‘lmasligi va ukrainlar nihoyat tinch qo‘yilishini ta’minlashi kerakligini aytdi. RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev buni «uchinchi jahon urushiga kirish» deb atadi.
  • Britaniya razvedkasi Rossiya armiyasi yo‘qotishlarini tahlil qilib, Rossiya NATOga qarshi turish uchun foydalanish rejalashtirilgan harbiy salohiyatining bir qismini yo‘qotdi, degan xulosaga kelgan: masalan, Birinchi gvardiya tank armiyasi deyarli yo‘q bo‘lib ketdi — NATO bilan urush chiqqan taqdirda u Moskvani mudofaa qilishi va qarshi hujumga o‘tishi kerak edi.
  • 2023 yilda Ukraina mudofaasi va xavfsizligi uchun yillik budjetning yarmi ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu 2022 yil budjet rejalari uchun ajratilgan mablag‘dan to‘rt barobar ko‘proq.
  • Xalqaro valuta jamg‘armasi Ukrainaga 1,4 mlrd dollarlik qo‘shimcha moliyaviy yordam paketi taqdim etmoqchi.

Quyida 13 sentabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv

Xarkiv markazida otishmalar oqibatida vayron bo‘lgan turar joy binosi.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkivlik ayol hovlisida o‘tin tayyorlab, qishga tayyorlanmoqda.
M​etin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv oblastining Ukraina armiyasi tomonidan ozod etilgan hududlari 

Xarkiv oblastining Izyum shahriga olib boruvchi yo‘l. Uning ikki tomonida — otishmalardan keyin dala maydonida hosil bo‘lgan o‘ralar. Ukraina armiyasining qarshi hujumi chog‘ida oblastning 4000 kvadrat kilometr hududi ozod etildi. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarga ko‘ra, amaliyot oblast hududi to‘liq qaytarilguniga qadar davom ettiriladi.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Izyumda gilam ostida saqlangan rossiyaliklar o‘q-dorisini ko‘rsatmoqda. Shahar kengashi raisi Maksim Strelnikovning ma’lum qilishicha, fevral oyidan buyon shaharda harbiy harakatlar oqibatida «tinch aholi vakillaridan kamida ming kishi halok bo‘lgan», undan ham ko‘proq kishi o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasligidan jabrlangan.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Izyum atrofidagi janglarda yakson etilgan harbiy texnikalar. Surat Ukraina qurolli kuchlarining 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi «Xolodniy Yar» jangchisi tomonidan olingan. Britaniya razvedkasiga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan urushdagi harbiy texnikadagi yo‘qotishlarni tiklashi uchun yillar talab etiladi.
Iryna Rybakova / Ukrainian Military Unit Kholodnyi Yar / AP / Scanpix / LETA
Balakliya atrofidagi yo‘l yoqasida Rossiya harbiy texnikasi qoldiqlari.
M​etin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylari Xarkiv oblastidagi front chizig‘iga yo‘l olgan. Avtobus oynasida aks etgan oq rangli xoch — Xarkiv oblastidagi qarshi hujum vaqtida Ukraina armiyasi harbiy texnikalarida aks etgan ramz hisoblanadi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ozod etilgan Balakliya shahri aholisiga gumanitar yordam tarqatilmoqda . Rossiya qo‘shini chekingach oblast gumanitar yordam markazi va Qizil Xochning Ukrainadagi bo‘limi shaharliklarga oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari olib kelishdi.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Balakliyada yashovchi keksa ayol gumanitar yordam sifatida berilgan yeguliklarni bag‘riga bosgancha uyiga qaytmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Balakliya aholisi vakilining jasadini olib ketayotgan erkaklar. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, u istilo vaqtida rossiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari istilo vaqtida mahalliy aholi vakillarini saqlash uchun foydalangan politsiya mahkamasi yerto‘lasi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Donetsk oblastidagi Bogorodichne qishlog‘ida minomyot zarbalaridan bekinmoqda.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Bogorodichne qishlog‘ida urush davrida vayron etilgan cherkov. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirillenkoning aytishicha, 12 sentabr kuni bu qishloq Ukuraina harbiylari tomonidan ozod etildi.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Bogorodichne qishlog‘idagi bunkerda otishmalardan yashiringan keksa ayol.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid