O‘zbekiston | 18:35 / 15.09.2022
10273
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti ShHT sammitiga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shanhay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 15 sentabr kuni mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

So‘ng Qozog‘iston prezidenti Hazrati Xizr majmuasida birinchi prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.

Mavzuga oid