O‘zbekiston | 10:39 / 26.09.2022
2322
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov haftalik an’anaviy brifingda davlat rahbarining yangi haftada rejalashtirayotgan ishlari haqida ma’lumotlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Boshlangan haftada davlat rahbarining ish jadvalida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan qator muhokamalarni o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Bugun elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan soha rahbarlari va mas’ullarining prezidentimizga hisobotlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlat rahbari ishtiroklarida respublikadagi arxitektura qurilish oliygohlari transformatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, hafta davomida prezidentning Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi” — deya ma’lumot berdi Sherzod Asadov OAV vakillariga.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid