Jahon | 14:19 / 27.09.2022
27410
5 daqiqa o‘qiladi

Xarkiv oblastida istilo izlari, Krasnoyarskda safarbar qilinganlarni kuzatish. Urush suratlari

26 sentabr kuni rossiyaliklar mamlakatni yoppasiga tark etishga urinishda davom etdi — Gruziya va Qozog‘iston bilan chegara hududida ko‘p kilometrlik navbatlar yuzaga kelgan. Shu bilan birga ketish tobora qiyinlashmoqda: aeroportlardagi chegarachilarga chaqiruv qog‘ozi olganlarning ro‘yxati berilgan. Bunday fuqarolar chegaradan o‘tishi uchun harbiy komissariat ruxsatnomasi bo‘lishi kerak. Ukrainada rossiyalik harbiylar Kramatorsk va Krivoy Rogdagi aeroportni o‘qqa tutishdi. Moskvada kuchishlatar tuzilmalar xodimlari shoir va huquq faoli Artyom Kamardinni qo‘lga olib, qattiq kaltaklashdi — Triumfal maydondagi Mayakovskiy haykali oldida «safarbarlikka qarshi» she’rlar o‘qigani uchun.

Quyida urushning 215-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblasti

Xarkiv oblasti Dementiyevka qishlog‘ida Ukraina qurolli kuchlarining sobiq pozitsiyasi hududida askarlar va tinch aholi vakillari jasadini qidirayotgan ukrain harbiylari. Bahorda ushbu aholi yashash manzili uchun uning joylashuvi tufayli shiddatli janglar kechgandi: uning atrofida joylashtirilgan og‘ir artilleriya bilan Xarkiv markazini o‘qqa tutish mumkin edi. Ukrain armiya iyul oyida Dementiyevkani ozod etgan. Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Dementiyevka qishlog‘i atrofidan topilgan ukrain harbiysi jasadini olib ketayotgan ukrain harbiylari
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Kozacha Lopan posyolkasida vayron bo‘lgan parrandachilik fermasi tomida tank qismlari osilib turibdi. Ukraina armiyasi ushbu aholi yashash manzilini sentabr oyi o‘rtalarida ozod qilgandi — ukrain harbiylari bu yerda rossiyalik harbiylar tomonidan tashkil etilgan qamoqxonalar va qiynoq kameralari, shuningdek birodarlik qabristonini topishgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kozacha Lopan posyolkasi atrofidagi minalashtirilgan maydonda qolgan rossiyaliklarning yakson bo‘lgan avtomobili.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik ko‘ngilli sentabr oyining birinchi yarmida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan Izyum shahri yaqinidagi Rossiya armiyasining shikastlangan texnikalarini yig‘ish punktida rossiyaliklar tankini ko‘zdan kechirmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Izyum shahri. Ukrain harbiylari amerikalik milliarder Ilon Mask taqdim etgan Starlink tizimi orqali internetga kirish uchun foydalanadigan antenna. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

 

Donetsk oblastidagi tutashuv chizig‘ida ukrain harbiylari rossiyaliklar pozitsiyasini minomyotdan o‘qqa tutmoqda. Donetsk oblasti hududining 45 foizga yaqin qismi hamon Ukraina nazoratida qolmoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

 

Kramatorskda gumanitar yordam tarqatish punktida navbatda turgan odamlar. Rossiya urushning boshidan buyon Kramatorskni egallashga harakat qiladi, shahar uchun so‘nggi jiddiy janglar yozda bo‘lib o‘tdi. Ammo shahar hamon Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda rossiyaliklarning 26 sentabr kungi zarbalaridan shikastlangan besh qavatli uy binosi. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, hujum natijasida to‘rt kishi yaralangan. Foto: Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda rossiyaliklar zarbasidan keyin pod’yezdga kirishda portlashdan keyingi parchalarni supurib tashlayotgan ayol.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Safarbarlik 

Moskvadagi safarbarlik markazida pirojkilar, shirinliklar va choy solingan termos. Rossiya hukumati qancha odamni harbiy xizmatga chaqirmoqchi ekani hamon noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Getty Images
Krasnoyarskda safarbar qilinganlarni kuzatish jarayoni — ularni dastlab Omsk oblastidagi o‘quv yig‘iniga olib borishadi.
Andrey Samsonov / TASS
Krasnoyarsk vokzalida safarbar qilinganlarni kuzatish tadbiridagi harbiy orkestr. 
Andrey Samsonov / TASS

Bosib olingan hududlardagi tashviqot 

Melitopollik kishi velosipedi bilan Ukrainaning bosib olingan hududlari Rossiyaga qo‘shib olinishi bo‘yicha «referendum» targ‘ibot qilingan plakat yonidan o‘tmoqda. Melitopolning qonuniy meri Ivan Fedorov «referendum»ni shahar aholisining faqat 10 foizi qo‘llab-quvvatlaganini aytmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid