O‘zbekiston | 07:07 / 28.09.2022
12553
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Otabek Sultonbekov Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Otabek Sultonbekov 1986 yilda Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2013 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
U lavozimga tayinlangunga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bu lavozimda u 2021 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Zuhra Mirg‘oziyeva o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024