O‘zbekiston | 09:24 / 03.10.2022
3610
2 daqiqa o‘qiladi

Auditorlar ishi sifatini tekshirish tartibi belgilandi

Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik tashkiloti ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Nizomga muvofiq: 

  • tashqi nazorat moliya vaziri buyrug‘i asosida Moliya vazirligi tomonidan 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi;
  • tashqi nazoratni amalga oshirishda auditorlar respublika jamoat birlashmalari vakillari jalb qilinadi;
  • tashqi nazorat oxirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan o‘tkaziladi;
  • tijorat banklarini majburiy auditorlik tekshiruvdan o‘tkazgan auditorlik tashkilotlari Markaziy bank bilan birgalikda tashqi nazoratdan o‘tkaziladi;
  • tashqi nazorat obekti auditorlik tashkiloti auditorlik xizmati ko‘rsatishdagi faoliyati hisoblanadi, tashkilot moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • auditorlik tashkiloti tomonidan kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik uni auditorlik tashkilotlari reyestridan chiqarishga asos bo‘ladi;
  • tashqi nazorat o‘tkazilganda tekshiruvchilar “tekshirishlarni ro‘yxatga olish” kitobini to‘ldirishlari lozim;
  • tekshirish natijasi bo‘yicha auditorlik tashkilotiga 30 kun muddat ichida kamchiliklarni to‘g‘rilash haqida xabarnoma beriladi;
  • auditorlik faoliyatidan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganlik, auditorlik tekshiruvida o‘rnatilgan cheklovlarga rioya etmaganlik va soxta auditorlik xulosalari taqdim etilgani aniqlanganda Moliya vazirligi sudga murojaat etishga haqli;
  • tashqi nazorat natijalari va ko‘rilgan choralar Moliya vazirligi saytida e’lon qilinadi.

Mavzuga oid