O‘zbekistonda egizak chaqaloqlar ko‘proq qaysi hududlarda tug‘ilayotgani aytildi
Qaysi hududda eng ko‘p egizak chaqaloq tug‘ilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Thinkstock
2022 yilning yanvar–sentabr oylarida respublika bo‘yicha jami 14 803 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu - o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1011 taga ko‘p.
Hududlar kesimida tug‘ilgan egizak chaqaloqlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilyapti – 1716 nafar.
Undan keyin o‘rinlarni mos ravishda 1532 nafar hamda 1376 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahri egalladi.
Qolgan hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Namangan viloyati – 1345 nafar;
- Farg‘ona viloyati – 1338 nafar;
- Andijon viloyati – 1328 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 1259 nafar;
- Toshkent viloyati – 1190 nafar;
- Buxoro viloyati – 758 nafar;
- Qoraqalpog‘iston R. – 714 nafar;
- Xorazm viloyati – 711 nafar;
- Jizzax viloyati – 656 nafar;
- Navoiy viloyati – 492 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 388 nafar.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025