O‘zbekiston | 13:46 / 13.10.2022
4939
4 daqiqa o‘qiladi

SEG uzoq joylardagi konlarni quyosh energiyasiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Hududni muqobil energiya bilan ta’minlash bo‘yicha tajriba loyihasi ayni paytda Qarshidagi o‘quv poligonida amalga oshirilmoqda.

Foto: Sanoat Energetika Guruhi

SEG neft va gaz kompaniyasining Qarshidagi o‘quv poligoni elektr energiyasi ta’minotini muqobil energiya manbalariga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilgan. Xususan, gap quyosh nuridan elektr energiyasini ishlab chiqarish haqida bormoqda. Bugungi kunga qadar 44 ta quyosh panellarini o‘rnatish ishlari yakunlandi, ular birgalikda 8 kVt gacha elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu hajm kompaniyaning yangi xodimlarini o‘qitish jarayoni doirasida foydalaniladigan O‘quv poligonining barcha qurilmalari iste’moli uchun yetarli hisoblanadi.

Kelgusida sinov-tajriba loyihasi yakunlari sarhisob qilinganidan so‘ng kompaniyaning hududiy jihatdan olisda joylashgan neft va gaz konlarini quyosh panellari bilan jihozlash borasida qaror qabul qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunga kelib bunday obektlar soni 15 tadan ortadi, bundan tashqari, barcha masofa jihatidan uzoqdagi obektlar parametrlarini ASODU tizimi vositalariga ko‘ra yuqori darajaga chiqarish orqali to‘liq avtomatlashtirish ko‘zda tutilgan. Shu tariqa, ba’zi konlar shamol va qum bo‘ronlari kabi tabiiy omillarga energota’minot jihatidan qaram bo‘lmay qoladi. Odatda bunday hodisalardan so‘ng havo liniyalarining shikastlanishi tufayli elektr ta’minoti uziladi.

«O‘zbekiston dunyodagi eng serquyosh mamlakatlardan biri, elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida bu haqiqatni e’tiborsiz qoldirish mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Tajriba-sinov loyihasi uchun Qarshi poligonini tanlaganimiz bejiz emas. U yerda butun ta’lim jarayoni kunduz kuni amalga oshiriladi, generatsiya shu vaqtda eng yuqori bosqichda bo‘ladi. Bu poligonning ishlashini ta’minlash uchun batareyalarning eng yuqori quvvatidan foydalanmaslikka imkon beradi. Poligonda quyoshli elektr stansiyasining to‘laqonli tajriba sinovlarini o‘tkazish, bir qator o‘lchamlarni olish va bunday stansiyalarni SEG ishlab chiqarish maydonlarida qo‘llash chegaralarini aniqlash rejalashtirilgan.
Agar kompaniyaning uzoq joylardagi maydonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash haqida gapiradigan bo‘lsak, unda bizning oldimizda ikkita yo‘l bor. Birinchisi, generatsiya uchun hamroh neft gazidan foydalanish. Ikkinchisi – aynan quyosh nurining energiyasini qo‘llash. Shuni ta’kidlashni istardimki, quyosh panellarining nisbatan arzon bo‘lmagan qiymati tabiiy omillar tufayli havo liniyalarining ishi buzilganda elektr energiyasini tiklash uchun ketadigan xarajatlar bilan qoplanadi. Shu tariqa, quyosh elektr stansiyalaridan foydalanish bilan birga neft qazib olish samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirish doirasida kompaniyaning istalgan konining kecha-yu kunduz va muammosiz ishlashini ta’minlay olamiz», — ta’kidladi SEG bosh muhandisi Sergey Ryabov.  

O‘quv poligonidagi quyosh stansiyasi joriy yilning oktabr oyida ishga tushirila boshlashi rejalashtirilgan. Hududlarda qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha keyingi tadbirlar kompaniya tomonidan 2023 yil boshida amalga oshiriladi.

«Sanoat Energetika Guruhi» Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid