O‘zbekiston | 07:33 / 19.10.2022
6750
2 daqiqa o‘qiladi

«Uffitsi galereyalari» asarlari bilan o‘zbek tilida tanishish imkoni yaratildi 

Italiyada joylashgan mashhur “Uffitsi galereyalari”ning durdona asarlari bilan o‘zbek tilida tanishish imkoniyati yaratildi.

Foto: CNN

Florensiyadagi “Uffitsi galereyalari”da O‘zbekiston Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchilarini ushbu muzey badiiy kolleksiyasi bilan tanishtirish loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Muzey direktori, professor Eyke Shmidt O‘zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlangan sana munosabati yo‘lga qo‘yilgan ushbu loyiha “Uffitsi galereyalari”ni respublikada keng tanishtirishga qaratilgani va kelajakda elchixona bilan amalga oshirish rejalashtirilgan hamkorlik dasturi birinchi bosqichi ekanini ta’kidladi.

Bu bilan muzeyda saqlanayotgan boy madaniy meros birinchi marta o‘zbek tilida nafaqat O‘zbekiston o‘qituvchilari va talabalari uchun o‘quv qo‘llanmasi sifatida, balki keng auditoriya tanishishi uchun ham taqdim etildi. Barcha 10 ta videorolik “Uffitsi galereyalari” veb-sahifasiga joylashtirildi.

Eyke Shmidt O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘li muhim chorrahasi bo‘lgani, turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi almashinuv va hamkorlik markazi sifatida mashhur ekanini alohida qayd etdi. O‘zbekiston Xitoy-Yevropa savdo yo‘li bo‘ylab yaratilgan va Osiyo bilan bog‘liq san’at asarlari bilan uzviy bog‘liqligi va ularda o‘z ifodasini topganini urg‘uladi. “Uffitsi galereyalari”da ko‘plab qimmatli Osiyo artefaktlari saqlanmoqda.

“Uffitsi galereyalari” 1769 yilda omma uchun ochilgan dunyodagi birinchi muzey hisoblanadi. Ushbu muzey majmuasida Yevropa bir nechta hukmron oilalariga tegishli san’at asarlari, qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari, kitoblar va o‘simliklar asosiy to‘plamlari mavjud. Majmuada antik davrdan 20 asrgacha bo‘lgan davrga tegishli xazinalar to‘plami jamlangan. 

Mavzuga oid