Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev o‘z vakolatlarini qisqartirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev shanba kuni davlat rahbari vakolatlarini qisqartiruvchi qonunlarni imzoladi.
To‘qayev 2022 yil iyun oyida Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha respublika referendumi natijasida qabul qilingan bir qator muhim qonunlarni ommaviy imzolash marosimida ishtirok etdi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayevning fikricha, referendum natijalari hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi modelini shakllantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishiga keng yo‘l ochish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini beradi.
Qonunlarda, xususan, prezidentning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Sudyalar oliy kengashiga nisbatan ayrim vakolatlarini qisqartirish, parlament senatida «prezidentlik kvotasi» deb ataladigan miqdorni qisqartirish, shuningdek, prezident vakolatlari davrida muayyan cheklovlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Hujjatda prezidentning siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lishini, uning yaqin qarindoshlari siyosiy lavozimlarda va kvazidavlat sektorida rahbarlik lavozimlarida ishlashini taqiqlovchi qoidalar bor.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev ta’kidlaganidek, konstitutsiyaviy islohot mamlakat davlat tuzilmasi asoslarini mustahkamlaydi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga yo‘l ochadi, o‘zaro hamjihatlik va milliy muloqotni mustahkamlaydi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025