Jahon | 07:43 / 08.11.2022
17137
3 daqiqa o‘qiladi

Nemis politsiyasi Usmonovning yaxtasidan Shagal suratini musodara qildi - OAV

Gamburg politsiyasi Alisher Usmonovning Dilbar yaxtasiga aloqador 30 ta suratni musodara qildi, ularning umumiy qiymati bir necha million yevroga teng.

Foto: Perild

Gamburgda politsiya san’at asarlarini tintuv qilish chog‘ida rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning Dilbar yaxtasida avvalroq bo‘lgan Mark Shagalning 30 ta suratini musodara qildi, deb xabar berdi 7 noyabr, dushanba kuni Süddeutsche Zeitung gazetasi. Unga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar munosabati bilan Usmonov Germaniya rasmiylarini mamlakatdagi mol-mulki, jumladan, ushbu san’at asarlari haqida xabardor qilishga majbur bo‘lgan, biroq, aftidan, u bunday qilmagan, deb yozadi gazeta.

Gazetaning yozishicha, musodara qilingan suratlarning umumiy qiymati bir necha million yevroni tashkil qiladi.

2021 yilda Gamburgdagi Bloom+Voss kemasozlik zavodida 156 metrlik hashamatli Dilbar yaxtasi kapital ta’mirdan chiqarildi. 2022 yil aprelida Germaniya hukumati Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan Alisher Usmonovning singlisi rasman uning egasi ekanligini aniqladi. O‘shandan beri yaxta bloklab qo‘yilgan. 22 sentabr kuni Dilbar Gamburgni tark etdi va Bremen yaqinidagi Lemwerder kemasozlik zavodiga o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Germaniya rasmiylari kemaga oid suratlar haqida art maslahatchini xabardor qilgan, u esa katta hajmdagi hujjatlarni topshirgan.

2022 yil sentabr oyi oxirida Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boshqarmasi xodimlari Bavariyadagi Tegernze ko‘li yaqinidagi Rottax-Egern shaharchasidagi villani tintuv qilishdi, nemis rasmiylariga ko‘ra, Usmonov u yerga 2014 yildan buyon muntazam tashrif buyurib keladi. Rossiyalik tadbirkorga qarshi tergov, nemis OAV yozishicha, 500 million yevro miqdoridagi soliqlarni yashirish, pul yuvish va tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish qonunchiligini buzish bo‘yicha olib borilyapti.

Usmonov MDR va BR mediakompaniyalari so‘roviga javoban Germaniyada shaxsan o‘zi hech qanday ko‘chmas mulkka ega emasligi va o‘zi vijdonan soliq to‘lovchi ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan binolar oilaviy trestlarga tegishli bo‘lib, u trestlardan daromad oluvchilar qatoriga kirmaydi.

Dilbar yaxtasi rasmiy ravishda Kayman orollaridagi Navis Marine Limited kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u o‘z navbatida Shveytsariyadagi The Sister Trast nomli korxona boshqaruvida bo‘lgan Pomerol Capital SA kompaniyasiga tegishli bo‘lgan, u esa Kiprdagi kompaniyaning egasidir. 

Mavzuga oid