Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’mirlashsa asakasi ketadimi: buzuq yo‘lda o‘ndan ortiq avtoavariya sodir bo‘ldi
Asaka–Shahrixon 4R138 yo‘lining Asaka tumani «Fayz» MFY hududidan o‘tgan qismi ta’mirlanmaganligi sababli o‘ndan ortiq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ushbu yo‘l bir necha yildan buyon ta’mirlanmasdan kelmoqda.
Bundan tashqari yo‘lning qatnov qismining ikki joyida kanalizatsiya qudug‘i ochiq holda tashlab ketilgan. Xavfdan ogohlantiruvchi biror yo‘l belgisi qo‘yilmaganligi ham haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda. Xalqning o‘zi eski shina, shifer va beton bo‘laklaridan xavfni bildiruvchi to‘siq yasab qo‘yishgan.


«Bu yo‘lda deyarli har kuni bir ko‘ngilsiz voqea yuz beradi. Haydovchilar mana shu og‘zi ochiq quduqdan qochaman deya mashinasi rulini boshqa tomonga burib, baribir chuqurga tushib ketib shikast yetmoqda. Uzundan uzun navbatlar hosil bo‘lmoqda. Bir necha marotaba murojaat qildik. Ammo natijasi bo‘lgani yo‘q», – deydi mahalliy turg‘unlardan biri.

Mashinalar yo‘ldagi chuqurlardan o‘tayotganda tagi yerga tegib qolay demoqda.

YTHlar jiddiylashib ketmasidan, fuqarolarga kattaroq zarar yetmasidan ushbu muammoning oldini olish, yo‘lni ta’mirlab, quduqlarning og‘zini yopish zarur. Andijon viloyatidagi mutasaddilar tez orada ushbu muammoga e’tibor qaratadi, deb umid qilamiz.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
11:59 / 06.02.2025
13 yoshli qizga shilqimlik qilgan er-xotin ishi bo‘yicha protest kiritildi - Bosh prokuratura
18:30 / 04.02.2025
38 yoshli erkak 13 yoshli qizga ko‘z olaytirdi: Asakadagi bahsli nomus ishi tafsilotlari
22:04 / 03.02.2025
Asakalik 13 yoshli qizga qilingan shilqimlik holatini prokuratura tekshirmoqda
17:19 / 03.02.2025