O‘zbekiston | 07:27 / 15.11.2022
10221
1 daqiqa o‘qiladi

Furqat Siddiqov tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

2022 yil 14 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishtirokida Tashqi ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Furqat Siddiqov

Majlisda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari O‘zbekiston prezidentining PQ-420-son qarori bilan tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Furqat Siddiqovni tanishtirdi.

F.Siddiqov bungacha O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidentining PQ-421-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan Bahrom A’loyev ham tanishtirildi.

B.A’loyev bungacha O‘zbekistonning Kuvaytdagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid