O‘zbekiston | 12:52 / 22.11.2022
7721
4 daqiqa o‘qiladi

“Eman engineering” yog‘ochsozlik sohasida yangi o‘quv markazini ochdi

Toshkentda “Eman engineering” kompaniyasining yangi ko‘rgazmali o‘quv markazi ochildi.

“Eman engineering”kompaniyasining ilk mahsulotlari O‘zbekiston bozoriga 1995 yildan kirib kela boshlagan. Kompaniya mebel ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan barcha turdagi mahsulotlarni yetkazib berish va o‘rnatish bilan shug‘ullanadi. “Eman engineering” taxta materiallari, yog‘ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish uskunalari bo‘yicha dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan faol hamkorlik qilib keladi. Siz bu yerdan yog‘ochsozlik uchun kerak bo‘ladigan barcha uskunalarini topishingiz mumkin. Kompaniyada mavjud yog‘ochsozlik mahsulotlarining asosiy qismi olib kelinadi.

Bugungi kunda “Eman engineering” kompaniyasi Toshkent shahrida yangi o‘zining ko‘rgazmali o‘quv markazini ochdi. Bu o‘quv markazida mahsulot sotib olish bilan birgalikda, soha bo‘yicha ta’lim olish va loyihalarni amalga oshirish ham mumkin.

Ushbu kompaniya mahsulotlari butun respublika bo‘ylab namoyish etilmoqda va u O‘zbekiston bozoridagi mebel va yog‘ochga ishlov berish sanoatidagi korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniya shu kunga qadar 500 ortiq katta va kichik loyihalarni amalga oshirgan.

Aziz Nuritdinov,

“Eman engineering” ta’sischisi:

 – “Eman engineering” nafaqat mahsulot sotish, balki xizmat ko‘rsatish, soha bo‘yicha o‘qitish va loyiha yaratish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘z oldiga ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda rivojlanib, jahon bozoridan ham o‘z o‘rnini topishni maqsad qilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda yog‘och mahsulotlar ishlab chiqarish darajasi juda yuqori. Ishlab chiqaruvchilar uchun kerakli sharoitlarning yaratilganligi, qolaversa, qurilish hajmining ortib borishi bu soha rivojlanishining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. Kompaniya aynan shuning uchun ham O‘zbekiston bozoriga yangi texnologiyalarni joriy etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan”.

Hakim Hikmatullayev, Sharaf mebel ishlab chiqaruvchi fabrika asoschisi:

– “15 yildan beri mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz. Bu kompaniya bilan 13 yil oldin hamkorlik qilishni boshlaganmiz. Dastlab, birinchi sotib olgan mahsulotimiz arra bo‘lgan. Ishlatayotganimizga 9 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, hali ham bu mahsulot xuddi yangidek ishlab kelmoqda. Shundan so‘ng, boshqa turdagi zamonaviy uskunalarini ham sotib oldik. Ularning sifatiga ham gap bo‘lishi mumkin emas”.

Kompaniya yuqori texnologiyali mebel va yog‘ochga ishlov berish sanoatini yaratishda jahon tajribasi, mukammal texnologiyalar hamda eng yaxshi ishlab chiqaruvchilar mahoratidan foydalanadi. Bunda mebelsozlik uchun kerak bo‘ladigan eng kichik aksessuarlardan tortib, uni zamonaviy jihozga aylantirish uchun kerak bo‘ladigan yuqori sifatli dastgohlargacha yetkazib berish vazifasini bajarib kelmoqda. Bu ko‘rgazmadan yog‘och bilan ishlashda foydalanish uchun barcha uskunalarni, butlovchi va ehtiyot qismlari, mebel jihozlari va sun’iy toshlarni ham topishingiz mumkin.

Marhamat, tashrif buyuring va biz bilan yanada yuksaklikka intiling!

Telfon:+998 99 4447868

Sayt: stanki.uz 

Reklama