Tug‘uruqxonaga hujum qurboni va Donbassdagi harbiylar. Urush suratlari
Rossiya harbiylari Zaporijjya oblastidagi Volnyansk shahrini o‘qqa tutishdi. Raketalardan biri shifoxonaning tug‘uruq bo‘limiga kelib urilgan, yangi tug‘ilgan chaqaloq nobud bo‘lgan. Bundan tashqari, Rossiya Ukraina bo‘ylab navbatdagi raketa zarbalari yo‘lladi, mamlakat bo‘ylab jami o‘n kishi halok bo‘ldi, shuningdek IES va GESlarning katta qismi faoliyati to‘xtab qoldi — ukrainlarning ko‘pchilik qismi elektr energiyasidan uzilgan, xususan, Kiyevning 70 foizida elektr yo‘q. Yevroparlament Rossiyani «terrorizm homiysi bo‘lgan davlat» sifatida tan oldi. Quyida 23 noyabr, urushning 273-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kunning asosiy voqeasi
23 noyabr kuni Rossiya qo‘shini Ukrainaning qator regionlari bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Prezident Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 67 raketa uchirgan, natijada Kiyev, Odessa va Chernihiv oblastlari toksiz qolgan. Ukraina politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, raketa zarbalari tufayli butun mamlakat bo‘ylab o‘n kishi halok bo‘ldi. Raketa zarbalari tufayli Kiyevda ichimlik suvi ta’minoti to‘xtadi. Bundan tashqari, shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda «infratuzilma obekti» shikastlangan, aynan qaysi ekaniga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, guvohlarning videolariga ko‘ra, bir necha avtomobil yonib ketgan. 24 noyabr tongidagi holatga ko‘ra, Kiyevning 70 foizida elektr yo‘q. Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, shaharda uch kishi halok bo‘lgan, ulardan biri 17 yoshli qiz bo‘lgan. Yana 11 kishi tan jarohati olgan.
Rossiyaliklarning Zaporijjyadagi tug‘uruq bo‘limiga yo‘llagan zarbasi oqibatlari
23 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Zaporijjyadan 25 kilometr masofada joylashgan Volnyansk shahrini o‘qqa tutdi. Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Staruxning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar bir qancha raketa uchirgan — ulardan brii tug‘uruq bo‘limiga kelib tushgan. Zarba natijasida ikki kun oldin tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘lgan, uning onasi omon qolgan. Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko Volnyansk o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi jabrlanganini xabar qilgan — ulardan biri shifokor bo‘lib, u og‘ir ahvolda qolmoqda.
Ozod etilgan Xerson manzaralari
Avdeyevka ostonasidagi rossiyalik harbiylar
RF armiyasi Avdeyevka yo‘nalishida harbiy harakatlarni davom ettirmoqda. Ammo Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qilishicha, ukrainlar hujumlarni qaytarmoqda. «Bizning Avdeyevka va Baxmut yo‘nalishlaridagi asosiy rejamiz — raqibni maksimal darajada holdan toydirish va buni har kuni qilish, biz ularga to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishlar bermoqdamiz va buni har kuni qilmoqdamiz. Rossiya qurolli kuchlarining professional harbiylardan iborat o‘zagining asosiy qismi allaqachon qirib tashlangan deyish mumkin», — dedi Ukraina armiyasi sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiy.
Donbassda tank ta’mirlayotgan ukrain harbiylari
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024