Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqoti yig‘ilishi o‘tkaziladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiya elchisi etib tayinlangan Takashi Xatorini qabul qildi.
Uchrashuv elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. Vazir elchini lavozimga kirishishi bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti yig‘ilishi o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025