Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Polsha migratsiya sohasidagi aloqani kengaytiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Polsha elchisi Radoslav Grukni qabul qildi.
O‘zbekiston-Polsha ko‘p qirrali hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalar tahlil qilindi. Vladimir Norov YeXHTga Polsha raisligiga va joriy yil 1-2 dekabr kunlari Lodz shahrida bo‘lib o‘tgan tashkilot Tashqi ishlar vazirlari kengashi navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga yuqori baho berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Polshaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish va ishbilarmon doiralar vakillari uchun o‘zaro asosda qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Polshada ishlayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar duch kelayotgan aniq muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Muzokaralarda migratsiya sohasidagi aloqalarni kengaytirish, bu borada qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025