Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman sababli Qarshi xalqaro aeroporti ishi vaqtincha cheklandi
Sovuq tuman 11 dekabr kuni Qarshi aeroporti faoliyatini vaqtincha chekladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘rish chegarasining pasayib ketishi (gorizontal 200 metr, vertikal 50 metr) Qarshi xalqaro aeroportida reyslarni qabul qilish va jo‘natishni cheklab qo‘ygan.
Uzbekistan Airports’ning Toshkent—Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha, soat 08:00 da uchishi kerak bo‘lgan HY-77 reysi hali ham poytaxtdan ucha olmagan.
Qarshi aeroportidagilarning ma’lum qilishlaricha, ko‘rish masofasi asta-sekin yaxshilanmoqda. Aeroport yaqin ikki soat ichida samolyotlarni qabul qilish va uchirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:45 / 29.04.2025
Yangilangan yo‘lak va perronlar, buziladigan aerovokzal – Andijon xalqaro aeroportidan reportaj
20:31 / 20.03.2025
Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi
16:16 / 15.03.2025