Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olxo‘rini asosan Qozog‘istonga eksport qilyapti
Olxo‘ri eksporti 28,5 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 2022 yil yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 48,3 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olxo‘ri eksporti o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 28,5 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egalladi – 29 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Rossiya – 17,2 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 2 ming tonna;
- Belarus – 102,2 tonna.
2022 yil 10 oyida xorijga eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 15,6 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 6,9 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 5 ming tonna.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025