Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda fermer hokimni pichoqladi
Og‘zaki to‘qnashuv pichoqbozlikka aylandi va fojia bilan yakunlandi.
Qozog‘istonning Olg‘a tumani, Qorabuloq qishloq okrugi hokimi Yernar Maxambetov mahalliy fermer bilan janjal oqibatida vafot etdi.
Voqea 12 dekabr kuni tunda sodir sodir bo‘lgan. Oqto‘be viloyati IIB xabariga ko‘ra, dehqon xo‘jaligi rahbari bilan 36 yoshli erkak o‘rtasida og‘zaki janjal sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, fermer jabrlanuvchining qorin qismiga pichoq urib, jarohat yetkazgan. Hodisa oqibatida hokim vafot etgan. Holat yuzasidan «Qotillik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jarohatlangan hokim shifoxonada ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan.
Maxambetov 2019 yil aprel oyida shu lavozimga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025