O‘zbekiston | 12:52 / 14.12.2022
1717
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Kosta-Rikadan ananas importi hajmini oshirdi

Ananas importi 66 tonnaga oshgan.

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 653 tonna ananas import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ananas importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 66 tonnaga oshgan.

2022 yil 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p ananas import qilgan davlatlar orasida Kosta-Rika birinchi o‘rinni egalladi – 251 tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 141 tonna hamda 120 tonna ananas sotib olingan Qozog‘iston va Xitoy joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Ekvador – 84 tonna;
  • Turkiya – 26 tonna;
  • Niderlandiya – 20 tonna.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid