Toshkentda avtobus haydovchilarining maoshi oshirildi
“Toshshahartransxizmat” tizimidagi avtobus haydovchilarining oylik maoshi 5-6 mln so‘mga yetkazildi. Kompaniya xabariga ko‘ra, haydovchilarning maoshi prezident topshirig‘iga asosan “2 barobar oshirilgan”.

“Toshshahartransxizmat”ning avtobus haydovchilari maoshi 2 barobarga oshirildi, deya ma’lum qilindi kompaniyaning Telegram-kanalida.
Rasmiy xabarga ko‘ra, shu yil dekabr oyidan boshlab haydovchilar kamida 5-6 mln so‘m oylik maosh oladi. Bu borada prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriq bergan.
Davlat rahbari kecha, 14 dekabr kuni 18-avtobus saroyiga borib, sohadagi kamchiliklarni sanagan va mas’ullarga ko‘rsatmalar bergandi. Xususan, mart oyiga qadar poytaxtga mingta yangi avtobus olib kelinishi kerak.
“Toshshahartransxizmat” xabarida qo‘shimcha qilishicha, jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlashni istovchilar (71) 233-03-23 va (93) 505-03-23 telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.
Mavzuga oid

11:16
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun call-markazni ishga tushirdi

18:50 / 22.05.2025