Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti jamoasi futzal turniri finalida yutqazdi
Sadir Japarov jamoasi Bishkekda o‘tkazilgan musobaqada ikkinchi bo‘ldi.
14-15 dekabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida futzal bo‘yicha «Muras» kichik turniri o‘tkazildi. Unda 16 ta jamoa ishtirok etdi.
Jumladan, musobaqada mamlakat prezidenti Sadir Japarov jamoasi ham qatnashib, finalga yetib bordi va Sport federatsiyalari jamoasiga 3:4 hisobida yutqazdi.
Birinchi «Muras» turniri 2021 yil dekabr oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda «Onor» jamoasi g‘olib bo‘lgan edi. 2022 yil may oyida ikkinchi turnir o‘tkazildi va unda prezident Sadir Japarov jamoasi g‘olib chiqdi. Har ikki musobaqada davlat rahbari to‘purarlik unvonini qo‘lga kiritdi. G‘oliblik uchun berilgan 1 million qirg‘iz so‘mi miqdoridagi mukofot puli mehribonlik uylariga tarqatildi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025