Iqtisodiyot | 09:04 / 21.12.2022
5309
1 daqiqa o‘qiladi

Guruch narxi yil boshidan buyon necha foizga oshgani aytildi

Guruch narxlari bir oyda o‘rtacha 1,7 foizga oshgan.

Foto: Getty Images

2022 yilning noyabr oyida guruch narxlari oktabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,7 foizga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, guruch narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 22,7 foizga oshgani kuzatilgan.

Guruch narxlari o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 22,5 foizga ko‘tarilgan.

Mavzuga oid