Jahon | 16:43 / 21.12.2022
17947
7 daqiqa o‘qiladi

Odamsiz qolgan qishloqlar va front chizig‘idagi Zelenskiy. Urush suratlari

Ukrainada urushning 300-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Baxmutga keldi. Ukraina prezidenti frontdagi askarlarga nishonlar topshirdi. Vladimir Putin esa Kremldagi marosimda «o‘z askariy burchlarini bajarayotgan va yangi hududlarda yangi turmush tarzi yo‘lga qo‘yilishida yordam berayotgan» harbiylarga Rossiya Qahramoni yulduzlarini topshirdi. U shuningdek Ukrainaning annexia qilingan hududlari rahbarlari hamda RT bosh muharriri Margarita Simonyanni ordenlar bilan taqdirladi.
  • AQSh BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni «Rossiyaning tahdidlariga yon berish»da va Ukrainaga Rossiya ukrainlarning infratuzilmalariga hujum qilishda qo‘llayotgan kamikadze dronlarini tekshirish uchun rasmiy delegatsiya jo‘natmaslikda aybladi.
  • «Net v***ye!» yozuvi orqali «Net voble!» demoqchi bo‘lganini isbotlab bera olgan Tyumenda yashovchi ayolga ish qayta ko‘rib chiqilgach, «armiyani obro‘sizlantirgani» uchun ma’muriy jarima belgilandi.
  • Rossiya IIV galerist va kolleksioner Marat Gelmanni (Rossiyada «xorijiy agent» deb topilgan) qidiruvga berdi. Gelmanni qanday modda bo‘yicha qidirishayotgani noma’lum.
  • BelgorodBryansk va Kursk oblastlari gubernatorlari ushbu regionlar o‘qqa tutilgani haqida xabar berishdi. Belgorod oblastida zarbalar natijasida chegaradagi Shebekin posyolkasi aholisining uchdan bir qismi toksiz qolgan. Bryansk oblastida, region rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ma’muriyat binosi va avtomobil shikastlangan. Kurskda — uchta turar joyga zarba kelib tushgan.

Quyida 20 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbassdagi shahar va qishloqlarning urushning 300 kunidan keyingi ko‘rinishi 

Donetsk oblastidagi Bogorodichnoye qishlog‘ining qush parvozi balandligidan ko‘rinishi. Rossiya qo‘shini Xarkiv oblasti chegarasida, Svyatogorsk shahridan to‘rt kilometr masofada joylashgan Bogorodichnoyeni 11 iyul kuni bosib olgandi. Ukraina qurolli kuchlari ikki oy o‘tib bu yerni ozod etishdi. Shundan keyin ukrain nashrlari Bogorodichnoye amalda butkul vayron qilingani, hududdagi diqqatga sazovor joylar — jumladan, mahalliy monastirda rossiyaliklar bazasi joylashtirilgani haqida yozdi. Hozirda qishloqda hech kim yashamaydi.
Ionut Iordanescu / AFP / Scanpix / LETA
Bogorodichnoyeda qolgan rossiyaliklarning T-72B3 rusumli tanki
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Donetskdan 22 kilometr shimolda joylashgan Avdeyevka shahridagi maktab sinfxonasining ko‘rinishi. Rossiya qo‘shini Avdeyevkani egallash uchun urushning ilk kunlaridan yurish boshlagan — shahar meri Vitaliy Barabashning so‘zlariga ko‘ra, ular sanoat zonasidan o‘ta olmaydi, chunki ukrain harbiylari so‘nggi sakkiz yil mobaynida bu yerda mustahkam istehkom barpo etishgan.
Chris McGrath / Getty Images
Donetsk oblastining Slovyansk shahri va Luhansk oblasti bilan chegara o‘rtasida joylashgan Torskoye qishlog‘ida rossiyaliklar snaryadidan hosil bo‘lgan o‘ra. Torskoye doimiy ravishda rossiyaliklarning zarbalariga duchor bo‘lmoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorskda yashovchi ayol otishmalar vaqtida derazalari to‘kilib ketgan ko‘p kvartirali uy oldidan o‘tmoqda. Rossiya qo‘shini Ukraina armiyasi nazorati ostidagi ushbu shaharni doimiy ravishda o‘qqa tutib keladi. So‘nggi hujum 16 dekabrga to‘g‘ri keladi: mer Oleksandr Goncharenkoning so‘zlariga ko‘ra, shaharda issiqlik, suv va elektr ta’minoti yo‘q.
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Limandagi ko‘chada zirhli transportyorda ketayotgan ukrain harbiy xizmatchilari va mahalliy aholi vakili — bu shahar Slovyanskdan 30 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Rossiya qo‘shini Limanni may oyi oxirida egallagandi. 1 oktyabr kuni, «DXR» va «LXR», shuningdek, Zaporijjya va Xerson oblastlarining katta qismi Rossiya tomonidan annexia qilinganining keyingi kunida, Ukraina armiyasi shaharni ozod etdi.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
So‘nggi oylarda shiddatli janglar kechayotgan va hozircha Ukraina nazoratida qolayotgan Baxmut shahri yaqinidagi qabriston.
Pierre Crom / Getty Images

Volodimir Zelenskiyning Baxmutga tashrifi

Urushning 300-kunida Volodimir Zelenskiy ukrain qo‘shinlarining Baxmutdagi pozitsiyalariga tashrif buyurdi. Prezident front chizig‘idagi jangchilarga nishonlar topshirgan va ularning oilalariga sog‘liq, issiqlik va yorug‘lik tilagan.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Kiyevning yangi yil oldidan ko‘rinishi

Bunga qadar barrikadalar qurishda foydalanilgan beton bloklar Yangi yil arafasida bayram dekoratsiyalariga aylandi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevlik ayol Ukraina qurolli kuchlari harbiylari formasi bilan kiyintirilgan rojdestvo imbir pryaniklari shaklidagi odamchalar oldida suratga tushmoqda. Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kramatorskda Avliyo Mikolay bayrami 

Avliyo Mikolay libosidagi kishi poyezd vagonida turib bolalarni xushnud etmoqda, Ukraina temiryo‘llari va YUNISEF hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan bunday poyezdlar Ukraina hududlari bo‘ylab harakatlanib, undagi artistlar bolalarga bayram uyushtirmoqda va sovg‘alar ulashmoqda. Avliyo Mikolay kuni 19 dekabrda nishonlanadi.
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik politsiyachilar Avliyo Mikolay kunida Kramatorsk vokzalidagi tartibni nazorat qilishmoqda
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Kalinin nomidagi hospitalning singan derazalarini yig‘ishtirayotgan ayol. Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, zarba oqibatida ikki kishi — bir harbiy va bir ayol halok bo‘lgan. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk o‘qqa tutilishi chog‘ida shikastlangan hospitalning ko‘rinishi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid