O‘zbekiston | 08:22 / 21.12.2022
4649
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi

Davlat statistika qo‘mitasining “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan 100 dan ziyod statistika hisoboti shakllari tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, Statistika qo‘mitasi 2022 yildagi shakllaridan farqli ravishda, yangi ro‘yxatda quyida sohalar bo‘yicha alohida shakllar tasdiqlanmagan:

birja faoliyati to‘g‘risida;

  • meva-cabzavot xaridi to‘g‘risida;
  • kutubxona faoliyati to‘g‘risida;
  • tijorat banklari faoliyati to‘g‘risida;
  • sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida;
  • madaniy meros obektlari to‘g‘risida. 

2022 yil uchun tasdiqlangan statistika hisoboti shakllari 01.01.2023 yildan o‘z kuchini yo‘qotmoqda.

Mavzuga oid