«Yandeks»ning ovqat yetkazish servisi xodimlari ish tashlash qildi
Rossiyadagi ovqat yetkazib berish bo‘yicha yetakchi servis hisoblangan «Yandeks Yeda» xizmati xodimlari Moskva hamda Sankt-Peterburgda 20-25 dekabr kunlari ish tashlash qilishdi. Ular ish haqlari keskin tushib ketgani va mehnat shartnomasisiz ishlayotganidan norozi bo‘lgan.
Umumiy hisobda 600 nafargacha kurer Rossiyaning ikki yirik shahrida ishga chiqmagani aytilmoqda. Kompaniya matbuot xizmati mijozlardan hech qanday e’tiroz tushmaganini ma’lum qilgan, ammo ishchilar buning teskarisini aytmoqda.
Nimadan boshlandi?
20 dekabr kuni «Kurer» kasaba uyushmasi ish tashlash bo‘lishi haqida e’lon qildi. Bu norozilik aksiyasi davomida «Yandeks Yeda» ishchilarini nafaqat ishga bormay, buyurtmalarni yetkazib bermaslik, balki restoranlarga borib kassada sun’iy navbatlarni keltirib chiqarishga chorlashdi.
Kasaba uyushmasi vakilining «Bolshoy gorod» nashriga ma’lum qilishicha, muammo «Yandeks» raqobatchisi «Delivery Club» ovqat yetkazib berish xizmatini sotib olganidan boshlangan. «Yandeks Yeda» ovqat yetkazib berish bozorida asosiy o‘yinchiga aylangach, kurerlarning xizmat haqi kamayib ketgan.
«Bu kamsitadigan darajada kam»
Ma’lum bo‘lishicha, oxirgi o‘zgarishlardan keyin kurerlar Moskva va Peterburgda har bir buyurtmani yetkazib berish uchun minimal 70 rubl ola boshlagan, hududlarda bu raqam 50 rublgacha tushib ketgan. Avval esa har bir buyurtma uchun kurerlar 110 rubl olgan.
«Bu kamsitadigan darajada kam pul, uni ishlash uchun kurer noqulay havoda ham katta masofani bosib o‘tishi kerak. Agar rejalashtirilgan vaqtda buyurtma olish davomida yana bitta qo‘shimcha buyurtma olmasa, kurer shu pulni ham ololmasligi mumkin», deydi nashr bilan suhbatda kasaba uyushmasi faollaridan biri.
Ish tashlashda qatnashgan kurerlar quyidagilarni talab qilmoqda:
- Har bir buyurtma uchun 110 rubl tarifini qaytarish;
- Yetkazib berish hududini 2 kilometrgacha kamaytirish;
- Jarimalarni bekor qilish;
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta buyurtmani yetkazib berish uchun kurerning roziligini olish va ular uchun to‘liq haq to‘lash;
- Kurer 20 daqiqagacha kutib qolgan taqdirda qo‘shimcha haq to‘lash;
- Buyurtmani avtomatik qabul qilish funksiyasini bekor qilish;
- Majburiy mehnat shartnomasi joriy qilish.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024