O‘zbekiston | 10:21 / 25.12.2022
22023
1 daqiqa o‘qiladi

Jamshid O‘roqov Savdo-sanoat palatasiga qaytdi

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari SSP raisiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamshid O‘roqov 1972 yili Samarqand shahrida tug‘ilgan, iqtisod fanlari nomzodi. 2009-2014 yillarda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2015-2017 yillarda Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2017 yildan 2019 yilgacha palata raisining o‘rinbosari sifatida ishlagan.

U 2019 yil yanvaridan buyon Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldinroq 2017-2022 yillarda Savdo-sanoat palatasiga raislik qilgan Adham Ikromov palata rayosati raisi bo‘lib qaytgani xabar qilingandi.

Palataga 2022 yil martidan buyon Davron Vahobov raislik qilib kelmoqda.

Mavzuga oid