O‘zbekiston | 22:55 / 27.12.2022
35959
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalar o‘limi haqidagi ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligidan yashirilgan - SSV 

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev «Dok-1 MAKS» dorisini qabul qilgan bolalarning o‘limi haqidagi ma’lumotlar vazirlikdan yashirilganini aytdi. Shuningdek, farzandidan ayrilgan ota-onalarga hamdardlik bildirdi. 

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev

«Dok-1 MAKS» preparatining dozasini oshirib yuborish natijasida 18 nafar jajji farzandimiz olamdan o‘tdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va barcha tibbiyot xodimlari nomidan ularning ota-onalariga hamdardlik bildiramiz», — dedi vazir. 

«Ushbu ma’lumotni Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash mutasaddilari vazirlikdan yashirgan. Bizga bu ma’lumot kelib tushishi bilan o‘sha kuniyoq maxsus ishchi guruh tuzilib, har bir holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joyida o‘rganib chiqildi. Hozirgi kunda ushbu dori vositasini mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazgan, uni olib kelgan va sotuvida ishtirok etgan bir qancha shaxslar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olindi. Ushbu holatga panja orasidan qaragan, o‘z vazifasiga loqaydlik qilgan, kerakli choralarni ko‘rmagan tibbiyot xodimlari, mas’ul shaxslar o‘z lavozimidan ozod etildi», dedi Musayev. 

Avvalroq, DXX «Dok-1 MAKS» dorisi bilan bog‘liq voqealar bo‘yicha gumondor shaxslar hibsga olingani haqida xabar bergan edi. 

Mavzuga oid