Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR droni Janubiy Koreya prezidenti ofisiga yaqin masofada uchdi
Ammo muhim obektga yaqinlashmadi.
KXDR droni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi ofisiga yaqin masofada uchib o‘tdi. Uchuvchisiz apparat idora atrofidagi 3,7 km uzunlikdagi parvozlar taqiqlangan hududga qisqa vaqt ichida kirdi, deb xabar berdi Yonhap.
«U qisqa muddat davomida hududning shimoliy chekkasidan uchib o‘tdi, ammo asosiy obektga yaqinlashmadi», deb yozdi nashr harbiy amaldorga tayanib.
Nashr manbasiga ko‘ra, prezident ofisi xavfsizligi bilan bog‘liq hech qanday muammo yuz bermagan. Dron katta ehtimol bilan prezident ofisi va harbiy shtabni suratga olgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreya mudofaa vaziri Li Chjon Sop bu haqda davlat rahbarini xabardor qilgan.
Avvalroq, Shimoliy Koreyaning 5 ta droni ikki mamlakatni ajratib turuvchi demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan edi. Ulardan biri Seulning shimoliy hududlariga yetib bordi va yana Shimoliy Koreyaga qaytdi. Qolganlari Janubiy Koreya radarlaridan g‘oyib bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025