O‘zbekiston | 10:05 / 11.01.2023
1234
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xorijdan avokado sotib olish hajmini ko‘paytirdi

Avokado importi 139,5 tonnaga oshgan.

Foto: AP

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 239,4 tonna avokado import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avokado importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 139,5 tonnaga oshgan.

2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p avokado import qilgan davlatlar orasida Isroil birinchi o‘rinni egalladi – 82 tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Turkiya – 66 tonna;
  • Qozog‘iston – 35 tonna; 
  • Xitoy – 31 tonna;
  • Rossiya – 13,6 tonna.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid