Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qotillikda ayblangan o‘zbekistonlik xalqaro qidiruvga berildi
34 yoshli Furqat Saloyev Samara shahri yaqinida ikki ayolni o‘ldirishda gumonlanmoqda.
Rossiyaning Samara viloyatida ikki ayolni o‘ldirish va bosqinchilik qilishda ayblangan O‘zbekistonning 34 yoshli fuqarosi Furqat Saloyev xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasiga tayanib, Lenta ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 26 dekabrga o‘tar kechasi Saloyev 74 yoshli nafaqaxo‘r ayol va uning 47 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgan va 300 ming rubl pulini olib, g‘oyib bo‘lgan. Yigit ularning uyida ta’mirlash ishlarini bajarayotgan bo‘lgan. Unga nisbatan bosqinchilik va qotillik jinoyatlarini sodir etganlik ayblovi sirtdan e’lon qilingan.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiya hududini tark etishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025