O‘zbekiston | 11:33 / 17.01.2023
2424
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Singapur Savdo-sanoat palatasi tashkil etiladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurga tashrifi doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ushbu mamlakat savdo va sanoat vaziri Gan Kim Yong bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Shu kuni biznes-forum bo‘lib o‘tdi, unda ikki mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning keng ko‘lamli ustuvor yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 23 ta ikki tomonlama bitimlar ro‘yxati imzolandi

- Biz iloji boricha ko‘proq korxonalar O‘zbekistoning va uning ulkan salohiyatini haqida bilishini istaymiz. Buning uchun mamlakatingizga yangi investorlarni jalb etishda doimiy yordam ko‘rsatishga tayyormiz. Shuningdek, biz O‘zbekiston tovarlarining Janubi-Sharqiy Osiyo va butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqishi uchun ko‘prik bo‘la olamiz, – dedi Singapur savdo va sanoat vaziri.

Uchrashuvdan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa, davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston bilan Singapur o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo memorandum imzolandi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston-Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish va biznes-inkubatorlarni rivojlantirish bo‘yicha Singapur tajribasini O‘zbekistonga jalb etishni belgilovchi qator kelishuvlar qabul qilish masalasi kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid