Jahon | 15:19 / 18.01.2023
24673
7 daqiqa o‘qiladi

Baxmutdagi «Oq farishtalar», Donbassdagi artilleriyachilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 328-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 14 yanvar kuni rossiyaliklar raketasi turar joyga tushgan Dniproda qidiruv-qutqaruv amaliyoti yakunlandi. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 45 kishi halok bo‘lgan, jumladan olti nafar bola. Yana 79 kishi, jumladan 16 bola jarohatlangan.
  • Moskvada Lesya Ukrainka yodgorligi oldida Dniproda halok bo‘lganlar xotirasiga barpo etilgan stixiyali memorial oldida yig‘ilgan odamlar politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
  • Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketini tayyorlamoqda, bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. Bu paket orqali avvalroq qo‘llangan cheklovlarni aylanib o‘tishga yordam beruvchi lazeykalar ham yopiladi.
  • «Vajnyye istorii» Ukraina xavfsizlik xizmati Dniproga raketa zarbasiga aloqadorlikda ayblagan rossiyalik harbiylar bilan telefon orqali bog‘landi. Ulardan biri avvaliga polkka aloqadorligini tan olgan, keyin esa jurnalistni haqoratlay boshlagan hamda Qrim annexiasi va Ukraina hududlari 2022 yilgi bosqin davomida egallab olinishini oqlagan.
  • Aleksey Arestovich Ukraina prezidenti ofisi rahbarining shtatdan tashqari maslahatchisi lavozimidan iste’fo berdi. Uning arizasi qanoatlantirildi.
  • Rossiyada ilk bor nomida «ChVK Vagner» so‘zlari ishtirok etgan kompaniya paydo bo‘ldi — «ChVK Vagner Tsentr». U Prigojin qurgan biznes-markazda ro‘yxatga olingan.

Baxmutdan tinch aholi evakuatsiyasi va jasadlar olib chiqilishi

Rossiya qo‘shinining Donetsk oblasti Baxmut shahrini egallash uchun urinishlari o‘tgan yil iyul oyidan buyon davom etmoqda — harbiy ekspertlar taxmin qilishicha, qo‘shni Soledar boy berilishi, RF vakillari bu shahar egallangani haqida uch marta xabar qilishdi (Ukraina tomoni buni rad etgan), Rossiyaning Baxmutda muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyatlarini oshiradi.

17 yanvar kuni Ukraina davlat chegara xizmati ushbu shahar uchun janglar vaqtida rossiyaliklar vzvodi yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Rossiya tomoni bu ma’lumotni izohlamadi. Shuningdek, shu kuni Baxmutda kanadalik harbiy vrach halok bo‘lgani haqida xabar qilindi, u shu vaqtgacha Ukraina qurolli kuchlarining xorijiy legioni safida xizmat qilayotgandi.

Baxmutda «Oq farishtalar» ortyadi ishlamoqda — bu harbiy harakatlar hududidagi aholiga gumanitar yordam yetkazish, u yerdan tinch aholi vakillari evakuatsiyasiga yordam berish, shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi politsiya ekipajidir. Quyida ularning Baxmutdagi faoliyati suratlarda.

Ukraina politsiyasining «Oq farishtalar» otryadi a’zolari Baxmutda tinch aholi vakili jasadi oldida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
«Oq farishtalar» Baxmutda yashovchi, shahardan evakuatsiya bo‘lishga tayyorlanayotgan 16 yoshli Daniil bilan gaplashmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Halok bo‘lgan baxmutlikning jasadini olib ketayotgan «Oq farishtalar»
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Baxmutdagi ukrain harbiylari 

Ukrainalik harbiy vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uy fonida
Serhii Mykhalchuk / Global Images Ukraine / Getty Images
Front liniyasidagi boshpanada o‘tirgan ukrain askari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiylar radiotelefon orqali qo‘mondonlikdan ko‘rsatma olmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Rossiya raketa zarbasidan ikki kundan keyin Dniprodagi vaziyat

Rossiya harbiylari 14 yanvar kuni Dniproni o‘qqa tutishgandi. Raketalardan biri to‘qqiz qavatli uyga tushib, ikki pod’yezdni qulatgan. Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 45 kishi halok bo‘lgan, ular orasida olti nafar bola bor. Jami 120 nafar dniprolik jabrlangan. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich rossiyaliklar raketasi ukrainlar havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini taxmin qilgandi. Ukraina bo‘ylab tanqidlar to‘lqinidan keyin u o‘z so‘zlari uchun uzr so‘radi va iste’foga chiqdi. Uning versiyasi Rossiya rasmiy shaxslari tomonidan dastak qilindi — prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov va RFning BMT Xavfsizlik kengashi qoshidagi maxsus vakili Vasiliy Nebenzya.

Quyidagi suratlarda Dniprodagi ayni vaqtdagi vaziyat.

Ukrainalik boks murabbiyi va ikki farzandning otasi, raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan Mixaylo Korenovskiyning dafn marosimi.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar raketasi kelib tushgan to‘qqiz qavatli uy hududida ishlayotgan qutqaruvchilar
Valentyn Reznichenko / Dnipropetrovsk OBA / Cover Images / Scanpix / LETA
Dniproda yashovchi 38 yoshli Nadya Yaroshenko rossiyaliklar raketasidan vayron bo‘lgan uy hovlisida o‘z mushugini qidirmoqda. Qo‘rqib ketgan jonivor uni vayronalar orasidan olib chiqib, egasiga topshirmoqchi bo‘lgan qutqaruvchilarga tutqich bermagan.
Roman Hrytsyna / AP / Scanpix / LETA

Donbassdagi oldingi chiziqda ukrain artilleriyachilari

Ukrainalik harbiylar polshaliklar bergan Krab o‘ziyurar gaubitsasidan rossiyaliklar pozitsiyalarini o‘qqa tutishga tayyorlanmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Polshaliklarning Krab o‘ziyurar gaubitsasidan o‘t ochilishi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Volnovaha o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukraina qo‘shini Volnovaxa bo‘ylab zarbalar berdi. Shahar Donetskdan taxminan 50 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan va Rossiya nazoratida qolmoqda. O‘qqa tutish oqibatida Lenin ko‘chasidagi «Uyut» mehmonxonasi binosi shikastlangan, bu yerda sakkiz kishi bo‘lgan. «DXR» FVV ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan.

Nikolay Trishin / TASS
Nikolay Trishin / TASS

Mavzuga oid