Jahon | 16:31 / 22.01.2023
28139
9 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi vayrongarchiliklar, Baxmutdan evakuatsiya. Urush suratlari

Ukrainada urushning 332-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Dunyoning turli shaharlarida Aleksey Navalniy va boshqa rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari o‘tkazildi. Namoyishlarda urushga qarshi shiorlar ham yangradi.
  • RF mudofaa vazirligi Moskva oblasti hududida «shartli raqibning havo hujumlaridan mudofaalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar» o‘tkazilgani haqida xabar berdi.
  • Kiyevda Ukraina sobiq ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy va IIVning Brovarida vertolyot qulashi oqibatida u bilan birga halok bo‘lgan boshqa rahbarlari bilan xayrlashuv marosimi o‘tkazildi. Ukraina prezidenti ham rafiqasi bilan marosimga tashrif buyurdi.
  • Ukraina mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar uchun mahsulotlarni Kiyevdagi bozor narxidan 2-3 barobar qimmatga xarid qilishda gumonlanmoqda. Vazirlik bu haqda yozgan nashr adashayotganini ma’lum qildi. Davlat auditorlik xizmati tuzilgan harbiy shartnomalarni tekshirmoqda.

Moskvada urushga qarshi piket

Aleksey Navalniy hibsga olinganidan buyon ikki yil o‘tdi — rossiyalik siyosatchi tarafdorlari «butun dunyodagi odamlarning sa’y-harakatlari»ni birlashtirish va uning koloniyadan ozod etilishiga erishish uchun #FreeNavalny kampaniyasini boshlashgan. 20 va 21 yanvar kunlari turli mamlakatlarda Navalniy va rossiyalik boshqa siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi, shuningdek Ukrainadagi urushga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Moskvada Lesya Ukrainka memoriali oldida Yekaterina Varenik bir kishilik piket o‘tkazdi. «OVD-Info» loyihasiga ko‘ra (Rossiyada xorijiy agent deb topilgan), Varenik qo‘lga olinib, Dorogomilovodagi ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan va unga armiyani obro‘sizlantirish va politsiya xodimlariga bo‘ysunmaslik bo‘yicha protokol tuzilgan.
Reuters / Scanpix / LETA
Yekaterina Varenikning qo‘lga olinishi Moskvadagi Lesya Ukrainka memoriali oldidagi ilk holat emas. Hafta boshida bu yerda 14 yanvar kuni Dniproga raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga stixiyali memorial paydo bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zarba qurbonlari soni 46 kishini tashkil etgan, 80 kishi yaralangan. Politsiya ushbu yodgorlikka gul olib kelganlar yoki uning atrofidan o‘tganlarni qo‘lga olmoqda. Shuningdek memorial oldida suratga tushish ham taqiqlandi.
Reuters / Scanpix / LETA

Chasiv Yardagi qabriston 

Dnipro bo‘ylab raketa zarbasi — Ukrainada so‘nggi yarim yillikda tinch obektga berilgan eng vayronkor zarba bo‘ldi. 2022 yil 9 iyulida Rossiya kuchlari Donetsk oblastining urushga qadar 12,5 ming kishi yashagan Chasiv Yar shahriga zarba bergandi. Hujum oqibatida ikkita besh qavatli turar joy binosi vayron bo‘lgandi. Uylardan birining ikki pod’yezdi to‘liq qulab tushgandi. O‘shanda hujum qurbonlari soni 48 nafarni tashkil etgan (ulardan biri chaqaloq), kamida 24 kishi jarohatlangan. RF mudofaa vazirligi ushbu hodisaga munosabat bildirib, bu uylarda «uch yuz nafardan ortiq natsionalist yo‘q qilingani»ni bildirgandi. Fotoda — Chasiv Yardagi qabriston. Shahar hamon zarbalar ostida qolmoqda.
 Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi vayrongarchiliklar

Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya qo‘shini o‘tgan kun davomida 26 bor aviatsiya zarbalari yo‘llagan va baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan 15 snaryad uchirgan. Eng ko‘p zarbalar Donetsk oblastining Baxmut shahridan shimoldagi aholi yashash manzillariga kelgan — bu shahar uchun 2022 yil iyulidan buyon shiddatli janglar davom etmoqda, bu yo‘nalishda Rossiya tomonida «Vagner» otryadlari faollik ko‘rsatmoqda.

Kramatorsk rayonidagi Shandrigolovo qishlog‘i 2022 yil mayidan sentabriga qadar Rossiya qo‘shinlari nazoratida edi. 27 sentabr kuni qishloq Ukraina armiyasi qarshi hujumi davomida ozod etildi. Fotoda — qishloqning bugungi ko‘rinishi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Liman shahri 2022 yil mayidan Rossiya okkupatsiyasi ostida edi. Ukraina qurolli kuchlari oktyabr oyida bu shaharni ozod etishdi — shundan buyon shahar muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutdan shimoldagi Seversk shahrida maskirovka qilingan mashina.
Spencer Platt / Getty Images
Kramatorsk rayonining Drobishevo qishlog‘idagi vayron bo‘lgan uy oldidan o‘z echkisini yetaklab ketayotgan kishi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Seversk shahridagi ko‘chaning ko‘rinishi
Spencer Platt / Getty Images
Baxmut atrofidagi Nikiforovka qishlog‘ida yashovchi ayol insonparvarlik yordami bilan qaytmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

20 yanvar kuni Rossiya qo‘shini Kramatorskni o‘qqa tutdi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavla Kirilenkoga ko‘ra, raketalardan biri bolalar bog‘chasi oldiga tushgan. Bundan tashqari, sakkizta ko‘p kvartirali uy va oltita xususiy uy, ikkita tibbiyot muassasasi va maktab binosi shikastlangan. Bir kishi halok bo‘lgan.

Kramatorskda raketa zarbasiga duchor bo‘lgan bolalar bog‘chasi xonalaridan biri
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorsklik ayollar bolalar bog‘chasi hovlisida
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutdagi tinch aholi vakillari evakuatsiyasi

19 yanvar kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Kleshchevka posyolkasi (Baxmutdan taxminan besh kilometr janubda) egallangani haqida ma’lum qildi, 20 yanvar kuni buni «DXR» va RF mudofaa vazirligi vakillari ham tasdiqladi. Ammo Ukraina tomoni buni rad etmoqda, Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) ushbu hudud ishg‘ol etilganini tasdiqlovchi dalil topa olmagan.

Shu bilan birga, ISW ekspertlari qayd etishicha, rossiyalik harbiylar katta ehtimol bilan Baxmutning shimoliy-sharqiy chekkalarida ilgarilashga erishgan. «DXR» rahbari Denis Pushilinning hisoblashicha, shahar yaqin vaqtlar ichida «operativ qurshov»ga olinadi.

Urushga qadar 73 ming kishi yashagan shaharda hozirgi kunda bir necha ming kishi qolgan. Ukrainalik harbiylar ularni imkon qadar tezroq shahardan olib chiqishga urinmoqda.

Baxmutning ko‘rinishi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutdagi keksa yoshli kishilar evakuatsiyaga tayyorlanmoqda
Diego Herrera Carcedo / ​Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / ​Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / ​Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / ​Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmutdagi ukrain artilleriyachilari

Rossiyalik harbiylar Soledarni egallagani (Ukraina bosh shtabi hamon ushbu shahar boy berilganini tasdiqlamagan) ukrain qo‘shini undan janubroqda joylashgan va nisbatan yirikroq bo‘lgan, ayni vaqtda frontning eng qaynoq nuqtasi bo‘lib qolayotgan Baxmut shahrini mudofaa qilishini qiyinlashtirishi mumkin. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi mutaxassislariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Baxmut atrofida navbatdagi muvaffaqiyatlarga erishishi reallashgan. Umuman olganda, ekspertlar fikricha, «mojaro boshi berk ko‘chaga kirib qolgan». Quyidagi fotosuratlarda — Baxmut atrofida jang qilayotgan ukrain harbiylari.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid