Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Mamlakat janubi-sharqidagi Shanliurfa viloyatida vayronagarchiliklar kuzatildi.
Turkiyalik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 7,4 magnitudali zilziladan keyingi yer silkinishlari dushanba kuni Turkiyaning ko‘plab mintaqalarida, jumladan Anqarada ham sezilgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Favqulodda vaziyatlar davlat boshqarmasining aniqlik kiritishicha, zilzila Qahramonmarash viloyatining Pazarjik tumanida mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da (Toshkent vaqti bilan 06:17) 7 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yer silkinishlari yarim soat davomida turli hududlarda – Adana, Anqara, Antaliya, Gaziantep, Kayseri, Mersin, Trabzon, Shanliurfada sezildi.
Bundan tashqari, Al Arabiya telekanalining qayd etishicha, yer silkinishlari Iroq va Livanning ayrim hududlarida ham sezilgan.
Yeni Shafaq gazetasiga ko‘ra, Turkiyaning kamida to‘rt viloyatida vayronagarchiliklar qayd etilgan. Uylarning qulashi Qahramanmarash, Malatya, Shanliurfa va Gaziantep viloyatlarida kuzatilgan. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot olinmagan.
Nashr viloyatdan olingan suratlarni keltirmoqda, ularga ko‘ra, silkinishlar natijasida kamida bitta bino butunlay vayron bo‘lgan.
TRT davlat telekanali Turkiya janubi-sharqidagi bir qancha viloyatlardan jonli tasvirlarni namoyish etdi. Ularning aholisi, sovuqqa qaramay, takroriy zilziladan qo‘rqib, uylarini tark etgan.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025