Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga chet eldan ishchi olib kelib ishlatish osonlashadi
Mahalliy ishchi kuchi borligini hisobga olib, chet el fuqarolarini bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish maqsadga muvofiqligini o‘rganish tartibi bekor qilinadi. Shuningdek, biznesga nisbatan yangi turdagi javobgarlik kiritishga bir yillik moratoriy e’lon qilinadi.
O‘zbekiston hukumati xorijiy ishchilarni yollash tartibini osonlashtirishni rejalashtirmoqda.
Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 2023 yil 1 martdan boshlab:
- chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomani olish jarayonida mahalliy ishchi kuchi borligini hisobga olib, chet el fuqarolarini bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish maqsadga muvofiqligini o‘rganish tartibi bekor qilinadi;
- tasdiqnoma amal qilish muddati davomida chet el fuqarosi xorijdan olib kelingan shaxsiy avtotransport vositasini olib chiqib ketish muddatini uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan yig‘imni to‘lashdan ozod etiladi.
Ta’kidlanishicha, bu – mehnat bozorida “talab yuqori bo‘lgan sohalarga malakali mutaxassislarning kirib kelishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi”.
Dastur loyihasiga asosan, shuningdek, 2023 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga bir yillik moratoriy o‘rnatilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish orqali bekor qilish taklif etilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy sanksiya qo‘llashni taqiqlash ham nazarda tutilgan.
Mazkur yangiliklarni prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili avgustda tadbirkorlar bilan uchrashuvida anonslagan edi.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
23:46 / 30.01.2024
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi
23:32 / 30.01.2024