Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘nggi 5 yilda uy-joy qurilishi qariyb ikki barobar ortgan
2018 yildan beri aholining jon boshiga uy-joy bilan ta’minlash darajasi 15,7 kvadrat metrdan 18,2 kvadrat metrgacha oshgan.
Foto: Kun.uz
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti oxirgi 5 yillikda aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha tahlillarni taqdim qildi. Unga ko‘ra, 2018 yildan beri uy-joy qurilishi qariyb 2 barobar ortib, aholi jon boshiga uy-joy bilan ta’minlanish darajasi 15,7 kvadrat metrdan 18,2 kvadrat metrgacha yoki 16 foizga oshgan. 2022 yilda 24,3 mingta, shu jumladan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 3,5 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan.
PMTI 2022 yilning o‘zida aholiga ipoteka kreditlari ajratilgani haqida ham ma’lumot bergan. Unda ko‘rsatilishicha, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish yoki sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan 37,6 mingta oilaga 8,2 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan (2021 yildagiga nisbatan 2 marotaba ko‘p). Daromadi yuqori bo‘lmagan 16,7 mingta oilaga 767,4 milliard so‘m miqdorida subsidiya berilgan.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025