Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi zilzila kuchi 500 ta atom bombasi portlashi bilan taqqoslandi
Yetkazilgan zarar miqdori 4 mlrd dollardan oshgan.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xatarlarni minimallashtirish bo‘limi boshlig‘i O‘rxon Tatar ikki daqiqaga yaqin davom etgan zilzila ulkan vayronagarchilikka sabab bo‘lganini ta’kidladi.
«Biz 6 fevral kuni yuz bergan ikkita zilzilani tahlil qilmoqdamiz. Birinchi kuchli zilzila davomiyligi 65 soniya. Ikkinchi zilzilaning halokatli ta’siri 45 soniyani tashkil qildi. Ikki zilzila natijasida chiqarilgan energiya 500 ta atom bombasining energiyasiga teng», dedi O‘rxon Tatar.
Shuningdek, u 6 fevraldan keyin mamlakatda 2 mingdan ortiq turli magnitudali yerosti silkinishlari qayd etilganini, zilzilalar yana takrorlanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
«3,5 - 4 balli va undan kuchliroq silkinishlar yana uzoq vaqt davomida takrorlanadi. 5-6 balli silkinishlar ham yuz berishi mumkin. Maxsus guruhlar zarar yetmagan binolarni ko‘zdan kechirmaguncha, ularga yaqinlashmang, uzoqroqda turing. Tog‘li hududlarda qor ko‘chkilari sodir bo‘lishi mumkin», dedi u.
Turkiyada 6 fevral kuni tongda ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Birinchisining magnitudasi 7,8 ball, ikkinchisi 7,7 ballni tashkil etdi. Mamlakatda 11 fevral holatiga 20 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Tabiiy ofatdan yetkazilgan zarar taxminan 4 milliard dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025