Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berishi haqidagi bayonotni «xato» deb atadi
AQSh davlat kotibi Blinkenning aytishicha, Pekin Moskvaga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Amerika diplomatiyasi rahbarining bayonotlarini xato deb atadi.
Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida foydalanish uchun RFga qurol yetkazib berishi rejalarini rad etdi. 20 fevral, dushanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning da’volari «noto‘g‘ri ma’lumot» ekanini aytdi. «Jang maydoniga doimiy ravishda qurol jo‘natib turadigan» Xitoy emas, AQSh, dedi diplomat.
Pekin «Xitoy-Rossiya munosabatlari masalasi bo‘yicha AQShning hech qanday ko‘rsatmalarini» qabul qilmaydi, dedi Xitoy TIV matbuot kotibi. Vashington o‘z harakatlarini «jiddiy» ko‘rib chiqishi hamda «vaziyatni yumshatish, tinchlik va muloqotni rivojlantirish» va «ayblovlar va dezinformatsiyalar tarqalishini» to‘xtatish uchun faolroq choralar ko‘rishi kerak, deya qo‘shimcha qildi xitoylik diplomat.
AQSh Davlat departamenti rahbari kuni kecha CBS telekanalining Face The Nation efirida Xitoy Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga «qurol bilan yordam ko‘rsatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini» aytdi. Blinken qo‘shimcha qilishicha, bu yordam «o‘q-dorilardan tortib qurollargacha» bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025