Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada yana zilzila: Malatya viloyatida uylar quladi, jabrlanganlar bor
340 ming aholi yashaydigan Yashilyurt shahrida yer silkinishi sodir bo‘ldi.
Turkiyaning Malatya viloyatidagi Yashilyurt shahrida 27 fevral kuni 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi oqibatida qurbonlar, jarohatlanganlar va vayrongarchiliklar bor.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti rahbari Yunus Sezer so‘zlariga ko‘ra, 1 kishi halok bo‘ldi, 110 kishi jarohatlandi. Shuningdek, vayronalar ostidan 32 odam qutqarildi.
«32 kishi vayronalar ostidan qutqarib olindi. Ikki bino vayronalari ustida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda», dedi u.
2023 yil 6 fevralida Turkiyada 7,7 va 7,6 magnitudali kuchli zilzilalar qayd etilgan edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu zilzila Yevropa mintaqasida so‘nggi asrdagi eng dahshatli tabiiy ofat bo‘ldi. Zilzila 44 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi, 160 mingdan ortiq bino vayron bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025