Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyadagi zilzila qurbonlaridan uzr so‘radi
Davlat rahbari qutqaruv ishlari kechikkanini tan oldi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatdagi vayronkor zilzilalardan so‘ng qutqaruv ishlari kechiktirilgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Turkiyaning NTV kanali xabar berdi.
Erdo‘g‘an bu so‘zlarni Turkiyaning janubi-sharqidagi zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan Odiyomon viloyatiga tashrifi chog‘ida aytdi.
«Zilzilaning halokatli ta’siri va yomon ob-havo tufayli birinchi kunlarda Odiyomonda xohlaganimizdek ishlay olmadik. Buning uchun uzr so‘rayman», dedi Erdo‘g‘an.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida bir necha soat ichida ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lib, uning oqibatida 45 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi.
Shundan so‘ng Erdo‘g‘an muxolifatning keskin tanqidiga uchradi, bir qancha siyosatchilar mamlakatning bunday yirik tabiiy ofat bilan kurashishga tayyor emasligiga ishora qildi. Endi hukumatning zilzila oqibatlarini bartaraf etish choralari Turkiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik va parlament saylovlarida asosiy masala bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Turkiya chempionati o‘yinlari paytida futbol muxlislari hukumatning zilzilalarga munosabatini keskin tanqid qilib, hukumatni iste’foga chiqishga chaqirishgan edi.
Mavzuga oid
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
20:52 / 15.05.2025