O‘zbekiston | 11:01 / 02.03.2023
2611
1 daqiqa o‘qiladi

Misr O‘zbekistonda zargarlik fakulteti ochishi mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Misr Arab Respublikasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Unda vazir I.Abdurahmonov, Xelvan universitetining san’at ta’limi kafedrasi zargarlik buyumlari dizayni professori Karam Mosaad Ahmed Mohamed Farag, Vassef Jeveleri kompaniyasi bosh direktori Ixab Vassef, Kirmena Jeveleri ta’sischisi Mamdux Abdalla ishtirok etdi.

Uchrashuvda zargarlik sanoatini rivojlantirishda malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda zargarlik buyumlarining zamon talablari asosida yangicha dizaynlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlariga professional mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

I.Abdurahmonov mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining birida zargarlik sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan fakultet ochish masalasi dolzarb ekanini qayd etdi.

Mavzuga oid