Telegram ilovasi katta yangilanishni chiqardi
Quvvat tejaydigan texnologiya va boshqa ko‘plab yangiliklar joriy etildi.
Telegram quvvat tejaydigan yangilanishni chiqardi. Ushbu rejim smartfonda ko‘p energiya sarflaydigan animatsiya va vizual effektlarni o‘chirish va batareya quvvatini kamaytirish imkonini beradi.
Yangi rejimni shunday sozlash mumkinki, u zaryad darajasi belgilangan qiymatga tushganda avtomatik ravishda yoqiladi.
Bundan tashqari, messenjerda boshqa ba’zi funksiyalar kengaytirildi. Masalan, endi foydalanuvchi videoni o‘zi belgilagan tezlikda ko‘ra oladi (0,2x dan 2,5x gacha bo‘lgan variantlar bor). Tezlikni sozlash uchun siz Play tugmasini bosib turishingiz va slayder yordamida qiymatni tanlashingiz kerak.
Xabarlarni yuborishda yangi variantlar paydo bo‘ldi. Endi guruh chatlarida xabar jo‘natuvchilar har bir foydalanuvchi tomonidan xabar o‘qilgan vaqtni bilib olishi mumkin.
Chatga taklif qilish va chiqish uchun yaxshilangan maxfiylik opsiyalari joriy etildi. Agar foydalanuvchi sozlamalarda o‘zini guruhlarga qo‘shishni taqiqlagan bo‘lsa, u holda Telegram avtomatik ravishda unga qo‘shilish havolasi bilan xabar yuborishni taklif qiladi. Bundan tashqari, taklifnomani oldindan ko‘rish imkoniyati bor.
Stikerlarni avtomatik tartiblash funksiyasini endi o‘chirib qo‘yish mumkin, shunda to‘plamlar tartibi o‘zgarmaydi. Shuningdek, Telegram Premium foydalanuvchilari uchun o‘nta yangi animatsion emoji to‘plami qo‘shildi.
Yangilanish allaqachon Android foydalanuvchilari uchun mavjud. Biroq iOS gadjeti egalari yangilanish tasdiqlanishini kutishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
18:03 / 03.11.2024
Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi
19:23 / 02.11.2024
Belgiya Telegram tergovida Fransiya bilan hamkorlik qiladi
19:06 / 01.11.2024